Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida” gi O‘RQ-637- son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida” gi PF-76-sonli farmonlari, 2025-yil 30-iyundagi “Respublikada nodavlat taʼlim xizmatlari sifatini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-403-son qarorlari ijrosini taʼminlash hamda ilmiy pedagogik salohiyatni oshirish maqsadida, Renessans ta’lim universiteti 2025/2026 o‘quv yili uchun quyidagi lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlov (suhbat) asosida e’lon qiladi:
T/r
Fakultet / Kafedra / Bo‘lim nomi
Lavozim
Stavka miqdori
1
Filologiya va tarix, Matematika va iqtisod, Pedagogika fakultetlari
Dekan, dekan o'rinbosari, uslubchi, dispetcher
1,0 dan
2
Xodimlar bo'limi
HR menedjer
1,0
3
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, arxiv, nazorat va monitoring bo'limi
Arxivarius
1,0
4
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
Bo'lim boshlig'i, bosh mutaxassis
1,0
5
Xalqaro hamkorlik bo'limi
Bo'lim boshlig'i, bosh mutaxassis, uslubchi
1,0
6
Raqamli ta'lim texnologiyalari, mahalliy va xalqaro reyting bilan ishlash boshqarmasi
Bosh mutaxassis, tarmoq administratori
1,0
7
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash va iqtidorli talabalar bo'limi
Ilmiy tadqiqot ishlari bosh mutaxassisi
1,0
8
Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi
Bo'lim boshlig'i, bosh mutaxassis
1,0
9
O'quv-uslubiy boshqarma
Bo'lim boshlig'i, muhandis dasturchi
1,0
10
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat, Axborot resurs markazi bo'limi
Bo'lim boshlig'i, bosh mutaxassis, kutubxonachi, psixolog
1,0
11
Matbuot xizmati va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish bo'limi
Call operator
1,0
12
Iqtisodiyot, Pedagogik ta’lim va psixologiya, Ijtimoiy-siyosiy fanlar, Matematika va tabiiy fanlar, Filologiya, Xorijiy filologiya, Sport faoliyati, Xorijiy til va adabiyoti, Axborot texnologiyalari, Moliya-kredit kafedralari
Kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent-o‘qituvchi, kabinet mudiri
1,0 dan
Bunda, oʻtgan 2024-2025 oʻquv yilida faoliyat koʻrsatgan hamda ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar oʻquv yili natijalariga koʻra fakultet dekani va kafedra mudiri taklifi asosida 2025-2026 oʻquv yili uchun toʻgʻridan toʻgʻri (suhbatsiz) ishga qabul qilinishi va oʻrnatilgan tartibda mehnat shartnomalari imzolanishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, ilmiy daraja yoki unvonga ega boʼlmagan oʼqituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Universitet tomonidan fan doktori va DSc ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilarga 80 %, fan nomzodi yoki PhD ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilarga 50 % miqdorida ustamalar tayinlanadi.
Shu bilan birga, har bir professor-o‘qituvchi o‘zining shaxsiy natijalarini yaxshilab borishi hamda 2025-2026 o‘quv yilidan joriy etiladigan va har 6 oyda yangilab boriladigan KPI tizimi orqali qo‘shimcha ustamaga ega bo‘lishi mumkin.
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR:
- Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Pedagogik yoki soha bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish (kamida 3 yil);
- Ilmiy unvon (dotsentlik yoki professorlik lavozimlari uchun majburiy);
- Davlat tilini mukammal va qo‘shimcha til bilish, axborot texnologiyalaridan foydalana olish;
- Pedagogik faoliyatga layoqatlilik, mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik.
!!! Tanlovda nomzodlar ilovada keltirilgan jadval asosida oʻz taqdimoti bilan ishtirok etishi kerak.
Ilova
TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR:
1. Obyektivka (Ma’lumotnoma);
2. Diplom va unga ilova nusxalari (asl nusxalari ko‘rsatish uchun);
3. Ilmiy daraja/unvonni tasdiqlovchi hujjat nusxalari;
4. Ilmiy-uslubiy ishlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
5. Sertifikat (til, malaka oshirish va boshqalar) nusxalari (mavjud bo‘lsa);
6. Amalga oshiriladigan ishlar rejasi.
HUJJATLAR QABUL QILISH MUDDATI:
Hujjatlar 11-avgustdan 15-avgustgacha quyidagi manzilda qabul qilinadi:
Manzil: Toshkent shahar, Shayhontohur tumani, Charxnovza MFY, 17-uy ya’ni Renessans ta’lim universiteti binosi, 1-qavat, 107-xona
Telefon: (+998 55) 506-70-07
E-mail: hr@renessans-edu.uz
Ish vaqti: 09:00 – 17:00 (tushlik: 13:00 – 14:00)
QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:
Tanlov natijalari universitetning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Nomzodlarga tanlov natijalari bo‘yicha yozma yoki elektron tarzda xabardor qilinadi.
Izoh: Hujjatlar to‘liq topshirilmagan yoki belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan taqdirda, nomzod tanlovda ishtirok eta olmaydi.