Avval xabar berganimizdek, Renessans ta’lim universitetida joriy yil 1-martdan 15-martgacha “Universitetning eng bilimdon kitobxoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. Sizlarni tanlovning asosiy shartlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Tanlov shartlari quyidagiladan iborat:
1-shart – “Men yoqtirgan asar” sharti.
Bunda, ishtirokchi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida oʻzi sevib oʻqigan asari boʻyicha qisqacha 3 daqiqa annotatsiya beradi. “Annotatsiya mahorati” shartida hakamlar hayʼati ishtirokchilarning asarga tayyorlangan annotatsiyasini baholashda kitobxon yoqtirgan asarni oʻqiganligini tekshiradi hamda mohiyatini toʻgʻri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyati, asarning gʻoyasi va mazmunining toʻliq qamrab olinganligi, kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi, annotatsiya matnida fikrni ifodalash uslubi, badiiy obrazlarning real hayot bilan bogʻliq ibratli tomonlari ochib berilganligiga qarab ball beriladi. Ushbu shart 100 balgacha (maksimal 100 ball) baholanadi.
2-shart – “Badiiy asar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda ishtirokchilarga berilgan asarlar roʻyxatidan biror asardagi parcha oʻqib eshittiriladi. Ishtirokchilardan ushbu asar nomini hamda parcha keltirilgan asar muallifini topadilar.
Ishtirokchilar badiiy asardan keltirilgan parchani bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik koʻrish uchun 3 daqiqa, javob berish uchun ham2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 50 balgacha ball beriladi.
3-shart – “Buyuk adib” sharti.
Ushbu shartda ishtirokchilar berilgan asarlar roʻyxatidan oʻzbek va jahon adabiyoti yozuvchilarining hayoti va ijodi bilan tanishtiradi. Oʻzbek va jahon adabiyoti yozuvchilarini bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik koʻrish uchun 5 daqiqa, javob berish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi.
Oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalari toʻgʻrisida maʼlumot berganlik uchun 50 balgacha ball beriladi.
“Universitetning eng bilimdon kitobxoni” mavzusidagi koʻrik-tanlov uchun saralab olingan adabiyotlar ro‘yxati quyidagilardan iborat:
№
Asar nomi
Muallif
1
Oʻtgan kunlar
Abdulla Qodiriy
2
Mehrobdan chayon
Abdulla Qodiriy
3
Asrga tatigulik kun
Chingiz Aytmatov
4
Ufq
Said Ahmad
5
Boy ota, kambagʻal ota
Robert Kiyosakiy
6
Masnaviy maʼnaviy
Jaloliddin Rumiy
7
Hamsa
Alisher Navoiy
8
Boburnoma
Zahiriddin Muhammad Bobur
9
Temur tuzuklari
Amir Temur
10
Yulduzli tunlar
Primqul Qodirov
11
Shum bola
Gʻofur Gʻulom
12
Navoiy
Oybek
13
Turkiy guliston yoxud axloq
Abdulla Avloniy
14
Odam boʻlish qiyin
Oʻlmas Umarbekov
15
Ikki eshik orasi
Oʻtkir Hoshimov
16
Odamiylik mulki
Toxir Malik
17
Chinor
Asqad Muxtor
18
Temur tuzuklari
Amir Temur
19
Urushning soʻngi qurboni
Oʻtkir Hoshimov
20
Nur borki, soya bor
Oʻtkir Hoshimov
21
Turkiston qaygʻusi
Alixontoʻra Sogʻuniy
22
Ulugʻbek xazinasi
Odil Yoqubov
23
Jimjitlik
Said Ahmad
24
Daftar hoshiyasidagi bitiklar
Oʻtkir Hoshimov
25
Kafansiz koʻmilganlar
Shukrullo
26
Fozil odamlar shahri
Abu Nasr Farobiy
27
Otamdan qolgan dalalar
Togʻay Murod
28
Ajdodlarimiz fojiasi
Mirkarim Osim
29
Ot kishnagan oqshom
Togʻay Murod
30
Jinoyat va jazo
Dostoyevskiy
31
Amerika fojiasi
Teodor Drayzer
32
Men kim sohibqiron Amir Temur
Marsel Brion
33
Nur va soyalar
R. Tagor
34
Jaloliddin Rumiy
Radiy Fish
35
Yolgʻizlikning yuz yili
Gabriyel Markes
36
Al-kimyogar
Paulo Koelo
37
Faust
Gyote
38
Ichindagi ichindadir
Jaloliddin Rumiy
39
Muvaffaqiyat kaliti
Deyl Karnegi
40
Jarayon
Frans Kafka
41
Telba
Dostoyevskiy
42
Kecha va kunduz
Abdulla Qodiriy
43
Baʼzilar olisdan sevarlar
Hali Karabenli
44
Chol va dengiz
Ernest Xemiguyney
45
Million dollarlik xatolar
Pavel Annekov
46
1984
Jorj Oruell
47
Muvaffaqiyatli insonlarning
7 koʻnikmasi
Stiven R. Kovi
48
Andisha va gʻurur
Jeyn Ostin
49
Oila yoki uni boshqarish tartiblari
Abdurauf Fitrat
50
Shaytanat
Tohir Malik
Universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Bilimingizni sinab ko‘ring va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting! Bilimlar musobaqasida ishtirok eting!