Renessans ta’lim universiteti talaba-qizlar o‘z aql-zakovati, iste’dodini to‘la namoyon etishlariga imkon yaratish maqsadida ko‘rik-tanlov tashkil qiladi. Iqtidorli qizlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash hamda ularni oilaga tayyorlash, shu bilan birga, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun ko‘maklashish tanlovning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ko‘rik-tanlov o‘tkazilish tartibi:
30 yoshgacha bo‘lgan universitet talaba-qizlari ishtirok etishlari mumkin.
Har bir fakultetdan 1 nafardan qiz qatnashadi.
Qatnashchilari tashkiliy qo‘mitadan belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tadilar.
Shartlari 100 balli tizimda hakamlar tomonidan baholanadi.
Ko‘rik-tanlov shartlari quyidagilardan iborat:
1-shart. “Men baxtli o‘zbek qiziman”
2-shart. “Savol-javob”
4-Shart. “Erkin mavzu”
Barcha bosqichlardan yuqori ball to'plagan g 'oliblar universitet rahbariyati va Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.