So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona, iqtisodiy va madaniy hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani bois, Xitoyning ko‘plab kompaniyalari yurtimizga kela boshladi. Bunday vaziyatda tabiiyki, ushbu kompaniyalarda ishlashni xohlovchilar uchun xitoy (rus, ingliz) tillarini bilish talab etiladi.
Renessans ta’lim universiteti bu borada o‘z talabalariga yordam berish maqsadida Xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan “xitoy tili” va “rus tili”ni o ‘rgatish maxsus kurslarini ochishni rejalashtirmoqda. Unda faqatgina universitet talabalarigina emas, balki til o‘rganishga ishtiyoqi baland chetdan kelgan yoshlar ham yozilishi mumkin.
Eng asosiysi, dars mashg‘ulotlarini xitoy millatiga mansub ustoz Ma Cuiling olib boradi.