
Turkiyada o‘qish orzu emas – imkoniyatga aylanmoqda!
Renessans ta’lim universiteti o‘z jamoasiga ajoyib yangilikni e’lon qiladi. Endi universitetimiz bitiruvchilari, xodimlari va o‘qituvchilari uchun Turkiyaning nufuzli universitetlarida magistratura va doktorantura bosqichida BEPUL o‘qish imkoniyati mavjud.
📚 Grant dasturi quyidagi yetakchi universitetlarni o‘z ichiga oladi:
✔️ Bandirma O‘n yetti Eylul universiteti
✔️ Bolu Abant Izzet Baysal universiteti
✔️ Xoji Bayram Vali universiteti
✔️ Anqara universiteti
✔️ Balikesir universiteti
✔️ Karabuk universiteti
✔️ Istanbul Gelisim universiteti
Ushbu grant dasturi orqali siz xalqaro darajadagi ta’limga ega bo‘lishingiz, yangi bilim va tajriba orttirishingiz mumkin.
✅ Ingliz yoki turk tilini bilasizmi? Unda sizda ustunlik bor.
📌 Dasturda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar ikki kun ichida Renessans ta’lim universitetining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, ilmiy-pedagogik kadrlarni
tayyorlash va iqtidorli talabalar bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.
🕊 Orzularingizni bugun boshlang. Renessans ta’lim universiteti yanada
ko‘proq imkoniyat taqdim etadi.