Eslatma: Mazkur ko‘rik tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi doirasida tashkil etilgan.
“Mening sevimli kitobim” shiori ostidagi tanlovda Renessans ta’lim unversitetida tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirok etadi.
Tanlovda qizlar uchta shart bo‘yicha bellashishadi:
“Men yoqtirgan asar”
“Badiiy asar bilimdoni”
“Buyuk adib”
Birinchi bosqichda ishtirokchilar o‘zi sevib o‘qigan asari bo‘yicha qisqacha 3 daqiqalik annotatsiya beradi.
Ikkinchi turda qatnashuvchilarga berilgan asarlar ro‘yxatidan biror asardagi parcha o‘qib eshittiriladi va javob berish uchun bir daqiqa vaqt belgilanadi.
Nihoyat, so‘nggi shartda biror bir shoir yoki yozuvchining hayoti va ijodi 2 daqiqa davomida so‘zlab beriladi.
Ishtirokchi qizlarga ball berish jarayoni hakamlar hay’ati tomonidan amalga oshiriladi.