RTU’da milliy kurash bo‘yicha ”Rektor kubogi“ musobaqasi o‘tkaziladi

  • calendar

    20.06.2024

  • eyes

    660

RTU’da milliy kurash bo‘yicha ”Rektor kubogi“ musobaqasi o‘tkaziladi

21-iyun kuni universitet kurash zalida Milliy kurash bo‘yicha ”Rektor kubogi“ musobaqasi tashkil etiladi. 
 
Unda ushbu sport turiga qiziquvchi barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.
 
Bellashuv soat 14:00 da boshlanadi, biroq undan avval, 12:00 da talabalarning belgilangan joyda bo‘lishi kerakligi so‘raladi. Chunki bu paytda vazn toifalarini aniqlash uchun og‘irlikni o‘lchash jarayoni o‘tkaziladi.
 
Belgilangan Vaznlar: 60,66,73,81,90,100 kg
 
G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shunday ekan, shoshiling va o‘z kuchingiz va mahoratingizni sinab ko‘ring!