UNIVERSITET HAQIDA
Renessans Ta’lim Universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 18.11.2022 № 150241 davlat litsenziyasi asosida tashkil etilgan.
Maqsadimiz yuqori malakali bakalavriat talabalarini kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlashdan iborat. Bugungi kunga kelib, talabalarimiz soni 10 ming nafardan oshdi. Аkademik faoliyatni mahalliy va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari bo‘lgan xalqaro va mahalliy professorlar amalga oshiradilar.
Bizning missiyamiz: Universitet logotipida bitilgan "Renessans ta'lim universiteti - Innovatsiya, Sifat, Istiqbol" shiori asosiy missiyamiz hisoblanadi. Xususan, innovatsion yondashuvlar asosida sifatli ta'limni yo'lga qo'yish orqali yorqin istiqbol uchun umidli kadrlarni yetishtirib chiqarish oldinga qo'yilgan ishlardan biridir.
Shuningdek, jamiyat va iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish muammolariga samarali javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, darslik va oʻquv adabiyotlarini tayyorlash, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, xalqaro konferensiyalar oʻtkazish, hamkorlikda xorijiy grantlarda ishtirok etish, shuningdek, mamlakat va xorijda tan olingan ilmiy-taʼlim muassasa darajasiga erishish universitetning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Renessans taʼlim universitetida jami 164 nafar oʻqituvchilar faoliyat yuritadi: shundan 89 nafarining ilmiy darajasi bor, qolgan 75 nafari sohaning yetakchi mutaxassislari assissent, katta oʻqituvchilardir.
Eng quvonarlisi, talabalarimiz orasida IELTS, CEFR, TOEFL kabi xalqaro darajadagi sertifikatlar nomzodlari mavjud. B2 va undan yuqori darajada sertifikat olgan talabalarga xalqaro universitetlarda 2+2 yoki 2+1+1 shaklda o‘qish imkoniyati yaratilgan.
Kutubxonalar har bir universitetda asosiy bilim manbai hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlar elektron kitoblarni gadjetlarda o‘qiydilar, ammo qog‘oz kitoblarni o‘qish haqiqiy ziyolilarni hech qachon tark etmagan.