Bugun Renessans taʼlim universitetida “Sharq Renessansi: tarix, taʼlim va tarbiyaning nazariy va amaliy ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi oʻz ishini boshladi.
Anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “2024-yilda qoʻshimcha oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar toʻgʻrsida” 2024-yil 20-martdagi 76-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan.
Konferensiyani Zoom platformasi orqali pastdagi havolaga o‘tib, jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
https://us06web.zoom.us/j/84063066187?pwd=753O7rwP3d3NHPClWTsPKh5EjVtiOP.1