QABUL BOSHLANDI

2024-2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi! Universitetga hujjat topshirish uchun quyidagi "ARIZA TOPSHIRISH" tugmasini bosing

ARIZA TOPSHIRISH Shaxsiy kabinet

Renessans ta'lim universiteti haqida

Universitetimiz haqida qisqacha

UNIVERSITET HAQIDA

 

Renessans Ta’lim Universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 18.11.2022 № 150241 davlat litsenziyasi asosida tashkil etilgan. 

 

Maqsadimiz yuqori malakali bakalavriat talabalarini kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlashdan iborat. Bugungi kunga kelib, talabalarimiz soni 10 ming nafardan oshdi. Аkademik faoliyatni mahalliy va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari bo‘lgan xalqaro va mahalliy professorlar amalga oshiradilar. 

 

Bizning missiyamiz: Universitetda jamiyat va iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish muammolariga samarali javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, darslik va oʻquv adabiyotlarini tayyorlash, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, xalqaro konferensiyalar oʻtkazish, hamkorlikda xorijiy grantlarda ishtirok etish, shuningdek, mamlakat va xorijda tan olingan ilmiy-taʼlim muassasa darajasiga erishish universitetning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

 
Shuningdek, bugungi kunga kelib gumanitar, ijtimoiy, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnik hamda xizmatlar sohasi asosida yo‘nalishlarimiz soni 31 tani tashkil etadi. Bundan tashqari, universitetda 7 ta kafedra, 12 ta bo‘lim, axborot resurs markazi, ustoz-shogird ilmiy maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 4 yil davomida talabalar matematika, tarix, falsafa, adabiyot, pedagogika va psixologiya, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, turizm, bank ishi, moliya, buxgalteriya, soliq, axborot tizimlari, IT, dizayn bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
 
Universitetda tahsil olayotgan talabalar sportning voleybol, tennis, shaxmat, armrestling, boks, taekvondo yo‘nalishlarida xalqaro miqyosda faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 
 
Ilmiy salohiyat 51% ni tashkil etadi. 
 
Renessans taʼlim universitetida jami 207 nafar: 27 nafar fan doktorlari, professorlar, 87 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 14 nafar doktorantlar, 79 nafar sohaning yetakchi mutaxassislari assissent, katta oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. 
 
HAMKORLIK SOHASIDA
 
Renessans taʼlim universiteti Koreya, Xitoy, Malaziya, Turkiya, Germaniya kabi 15dan ziyod davlatlar bilan professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, darslik va oʻquv adabiyotlarini tayyorlash, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, xalqaro konferensiyalar oʻtkazish, xalqaro grantlarda ishtirok etish boʻyicha hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan.
 
Eng quvonarlisi, talabalarimiz orasida IELTS, CEFR, TOEFL kabi xalqaro darajadagi sertifikatlar nomzodlari mavjud. B2 va undan yuqori darajada sertifikat olgan talabalarga xalqaro universitetlarda 2+2 yoki 3+1 shaklda o‘qish imkoniyati yaratilgan.
 
AXBOROT-RESURS MARKAZI HAQIDA
 
Kutubxonalar har bir universitetda asosiy bilim manbai hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlar elektron kitoblarni gadjetlarda o‘qiydilar, ammo qog‘oz kitoblarni o‘qish haqiqiy ziyolilarni hech qachon tark etmagan.
 
Renessans ta’lim universiteti Axborot-resurs markazining shinam xonalarida bu zavqni his qilish yanada yoqimli.
 
Axborot-resurs markazi jahon bestselleri va mumtoz adabiyotimizning nodir namunalari bilan har bir talabani maftun etadi. Shovqinli dunyoning sokin go‘shasi bo‘lgan zamonaviy uslubda jihozlangan ARMda bir vaqtning o‘zida 100 nafar talabaning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
 
Bundan tashqari, 35 000 ga yaqin kitoblar, jurnallar va boshqa manbalar, shuningdek, elekron bazada 5 mingdan ziyod talabalar uchun turli fanlar, jumladan, biznes, huquq, kompyuter muhandisligi bo‘yicha to‘plamlar mavjud.

Ko'proq

Afzalliklarimiz

Qanday qilib raqiblarimizdan yaxshiroqmiz

  • 7

    Ta'lim sohalari

  • 51%

    Ilmiy Salohiyat

  • 31

    Yo'nalish

  • 10000

    Talaba

advantages

Biz bilan bog'laning

Bizga yozing va siz bilan bog'lanamiz

Litsenziya

Bizning hamkorlarimiz

Bizga ishonch bildirgan kompaniyalar