Renessans ta’lim universitetida ARM tomonidan “Mening sevimli kitobim” shiori ostida qizlar uchun ko‘rik-tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda qizlar 2 shart bo‘yicha bellashishadi:
“Men yoqtirgan asar”
“Badiiy asar bilimdoni”
Birinchi bosqichda ishtirokchilar o‘zi sevib o‘qigan asari bo‘yicha qisqacha 3 daqiqalik annotatsiya beradi.
Ikkinchi turda qatnashuvchilarga 10 ta berilgan asarlar ro‘yxatidan biror asardagi parcha o‘qib eshittiriladi va javob berish uchun bir daqiqa vaqt belgilanadi.
Asarlar roʻyxati:
1. “Ufq” (S. Ahmad)
2. “Shum bola” (G‘.G‘ulom)
3. “Ikki eshik orasi” (O‘.Hoshimov)
4. “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
5. “Jinoyat va jazo” (F.Dostoyevskiy)
6. “Choliqushi” (R. N.Guntekin)
7. “Boburnoma” (Z.M.Bobur)
8. “Oq kema” (Ch.Aytmatov)
9. “Chol va dengiz” (E.Xeminguey)
10. “Alpomish” (Xalq og‘zaki ijodi)
Ishtirokchi qizlarga ball berish jarayoni hakamlar hay’ati tomonidan amalga oshiriladi.
Gʻoliblar universitet ma'muriyati tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Qatnashish istagida bo‘lgan barcha qizlarni taklif qilamiz
.
Murojaat uchun: @Axmedov_Baxtiyor