Joriy yilning 5-6-may kunlari Renessans ta’lim universiteti tomonidan “Ijtimoiy bilimlar va texnik-muhandislik turk dunyosi” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkaziladi.
Bu turkiy dunyo olimlarini birlashtiruvchi ilmiy-madaniy ko‘prik bo‘ladi. Xalqaro simpozium Renessans ta’lim universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Simpozium quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:
1-sho‘ba: Zamonaviy jamiyatda pedagogik talqin va tadqiqotlar
2-sho‘ba: Filologiya: tadqiqi va ta’limi
3-sho‘ba: Barqaror rivojlanishni ta’minlashda yashil iqtisodiyot, raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati
4-sho‘ba: Yevroosiyo mintaqasida turkiy davlatlar tarixi va madaniyati
5-sho‘ba: Muhandislik, matematik modellashtirish, axborot tizimlari va texnologik bilimlar
🌐 Simpozium o‘zbek, turk, rus, ingliz tillarida bo‘ladi.
🗣 Eslatib o‘tamiz, simpoziumning yalpi majlisi 2025-yil 5-may kuni soat 10:00 da "Rezident park" mehmonxonasi (Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy koʼchasi, 64-uy) konferensiyalar zalida boshlanadi.
📌 E’tiborli jihati: eng yaxshi ma’ruzalar RINS, Google Scholar kabi bazalarda indekslanadigan va OAK tomonidan tavsiya etilgan jurnallarda chop etiladi.
Barchani ushbu xalqaro simpoziumga taklif etamiz!