Bilimlar sinovlari: Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi boshlanmoqda!

  • calendar

    10.12.2024

  • eyes

    59

Bilimlar sinovlari: Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi boshlanmoqda!

Xabaringiz bor, Respublika bo'ylab yosh matematiklarning xalqaro nufuzli musobaqasi – “Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi” (TasIMO-II) o'tkazilmoqda!
 
🔢 Eslatib o'tamiz, olimpiada 3 bosqichda bo'lib o'tadi: 
 
1️⃣ Onlayn: 2024-yil 14-15-dekabr
2️⃣ Oflayn: 2025-yil 22-23-fevral 
3️⃣ Oflayn: 2025-yil 18-20-may
 
✅ Unda barcha umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar va professional maktablar o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
 
Ma’lumki, olimpiada tashkilotchilaridan biri – Xalqaro Nordik universiteti asosiy hamkorimiz hisobanadi, shu sababli Renessans ta’lim universiteti ham ushbu sinovlarda yoshlarni faol qatnashishga chorlab qoladi.
 
🔗 Matematik bilimlaringizni sinab ko‘rish va xalqaro darajadagi musobaqada ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!