Jumabek Tashenev nomidagi hamda M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini imzolash uchun 8-10-aprel kunlari xizmat safarida bo‘lishadi. Shu bilan birgalikda, ular mazkur oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish, stajirovka o‘tash va mos ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarga ma’ruzalar o‘qish uchun taklif etildi.
Renessans ta’lim universiteti “Filologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasining Jumabek Tashenev nomidagi hamda M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini imzolash uchun 8-10-aprel kunlari xizmat safarida bo‘lishadi. Shu bilan birgalikda, ular mazkur oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish, stajirovka o‘tash va mos ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarga ma’ruzalar o‘qish uchun taklif etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonining 2-bandida “xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘zbek tilini o‘rgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish, shuningdek, xorijdagi o‘zbek tili markazlarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish” vazifalari belgilangan. Ushbu farmon doirasida RTU professor-o‘qituvchilari: M.Turdibekov, L.Raupova, I.Islamov, D.Hakimova ishtirokida “O'zbek tili va adabiyoti” leksiya mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.