Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi

Matematika va tabiiy fanlar kafedraisi RTU Kengashining 2024-yil 28-avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan (1-sonli bayonnoma).
 
Matematika va tabiiy fanlar kafedrasining asosiy missiyasi kafedra tarkibidagi yo‘nalishlar talabalariga yuqori saviyadagi dars mashg‘ulotri o‘tish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, universitetning rivojlanish strategiyasidan kelib chiqqan holda kafedra professor - o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, Xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy maqolalar chop etish va konferentsiyalarda ishtirok etish, katta tajribaga ega Respublika va xalqaro miqyosdagi universitetlar va karxonalar bilan xamkorliklarni yo‘lga qo‘yish orqali universitetni milliy va xalqora reytingda yuqori o‘ringa olib chiqishdan iborat.
Tashkilotlar bilan hamkorligi:
1. Toshkent sh. Yangihayot t. 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
2. Toshkent sh. Yangihayot t. 285-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
3. Toshkent sh. Olmazor t. 298-sonli umumiy o‘rta ta’lim
 
Kafedra tarkibidagi yo‘nalishlar:
1. 60722500-Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
2. 60110600-Matematika va informatika;
3. 60540100-Matematika;
4. 60721500 –Geodeziya va geoinformatika;
5. 61020200 –Mehnat muhofazasi va texnikasi xavfsizligi.
 

leadership

Yunusov G‘anisher G‘afirovich

2007-yil 17-oktyabrda “01.02.05 – Suyuqlik, gaz va plazmalar mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Ochiq oqimlarning ajralish sohasidagi gidrodinamik parametrlar” mavzusida texnika fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqqiyatli himoya qilgan.
 
Hozirgi kunda “Katta hajmdagi ko‘p fazali suyuqliklar oqimi nazariyasi tadqiqoti” mavzusida doktorlik ishini olib bormoqda.
 
Pedagogik faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma muallifligida va hammuallifligida nashr etilgan.

Bizning o'qituvchilar