Amaliy matematika

60540200 – Amaliy matematika taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan soʻng, iqtisodiyot, moliya, sug‘urta, sanoat, axborot texnologiyalari va muhandislik sohalarida, ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari markazlari, tahliliy va loyihalash tashkilotlarida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar matematik modellashtirish, algoritmlashtirish, optimallashtirish, statistik tahlil, sun’iy intellekt va kompyuter matematikasi usullaridan foydalanib, real hayotdagi muammolarni matematik shaklga keltirish va ularni yechishga yo‘naltirilgan amaliy yechimlarni ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.