60110600 – Matematika va informatika taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan soʻng, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʻlim muassasalarida, maktabdan tashqari taʻlim muassasalarida matematika va informatika fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda dars berish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, matematika va informatika muammolari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarida, ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi.