Matematika

60540100 – Matematika taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan soʻng, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida matematika fanidan dars berish, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muassasalari, shuningdek, matematika sohasidagi muammolarni oʻrganishga ixtisoslashgan tashkilotlarda faoliyat yuritish huquqiga ega boʻladi. Bitiruvchilar nazariy va amaliy matematikani chuqur egallagan holda, matematik modellashtirish, tahlil va yechimlar ishlab chiqish, statistik va analitik uslublardan foydalanish, zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalarini matematik masalalarni hal qilishda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.