60722500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalar boʻyicha) fan, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi yoʻnalish boʻlib, Yer shaklini oʻrganish va uning sirtida aniq va yuqori aniq geodezik oʻlchashlarni bajarish orqali plan va kartalarni yaratish hamda davlat hududini kartalashtirish ishlarini zamonaviy sunʼiy yoʻldosh tizimlari va masofadan turib yerni zondlash usulidan foydalanish, bino va inshootlarni loyihalash va qurishda bajariladigan geodezik ishlarda zamonaviy asbob va texnologiyalarni qoʻllash, Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish ishlarini geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalari asosida tuzish va yuritish usullari hamda vositalar majmuasini qamrab oladi. taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtgandan keyin, professional taʻlim muassasalarida taʻlimning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini oʻqitish boʻyicha pedagogik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.