Axborot texnologiyalar kafedrasi RTU Kengashining 2024-yil 28-avgustdan qaroriga muvofiq tashkil etilgan (1-sonli bayonnoma).
Axborot texnologiyalari (AT) — ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, uzatish va ishlov berish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiyalar to‘plamidir. Bu texnologiyalar insonlarning kundalik hayotini va ish faoliyatini sezilarli darajada o‘zgartirib, kommunikatsiya va ma’lumot almashishni soddalashtiradi.
Missiya
Axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh, malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish va raqamli transformatsiya orqali mamlakatning texnologik taraqqiyotiga hissa qo‘shish.
Maqsadlar
Zamonaviy dasturlash, tizimlar arxitekturasi, ma’lumotlar bazasi va sun’iy intellekt sohalarida chuqur nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish.
Talabalarga IT sanoati, startap ekotizimi va korporativ texnologik talablar asosida mos bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish.
Kiberxavfsizlik, tarmoq texnologiyalari va axborot tizimlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish.
Raqamli iqtisodiyot, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va axborot tizimlari loyihalash yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish.
Akademik bilimlarni amaliy loyihalar bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish.
Davlat, xususiy sektor va xalqaro IT kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali talabalar va mutaxassislarga amaliy tajriba yaratish.