2025-yilning yozgi semestri davomida Kompyuter injiniringi va dasturiy ta'minot (KIDT), hamda Axborot texnologiyalari va tizimlari (ATT) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar malakaviy amaliyot dasturida ishtirok etdilar. Ushbu amaliyot davomida talabalar banklar, IT kompaniyalar va boshqa axborot tizimlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar.
2. Amaliyotning maqsadi
Amaliyotning asosiy maqsadi — talabalarni real ish sharoitlariga moslashtirish, o‘z kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tajriba orttirish, jamoa bilan ishlash, texnik hujjatlar bilan ishlash, loyihalarda qatnashish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
3. Amaliyot joylari
Quyidagi tashkilot va korxonalarda talabalar malakaviy amaliyotni o‘tadilar:
-
Bank tizimlari:
-
O‘zmilliybank
-
Xalq bank
-
Asakabank
-
-
-
IT kompaniyalar:
-
IT Park rezident kompaniyalari
-
Uzinfocom
-
IT center va Na'jot ta'lim kabi o'quv markazlarida
-
Uzum, Click va Payme xususiy texnologik kompaniyalar
-
Kiberxavfsizlik markazida
-
4. Amaliyot davomida bajarilgan ishlar
Amaliyot davomida talabalar quyidagi vazifalarni bajardilar:
-
Mijozlar bilan ishlash va texnik yordam ko‘rsatish
-
Veb va mobil ilovalarni testdan o‘tkazish
-
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash (SQL amaliyotlari)
-
Dasturiy ta’minot kodlarini tahlil qilish va kichik modullar ishlab chiqish
-
Tizim xavfsizligini tekshirish va hisobotlar tayyorlash
-
Kompaniyaning ichki IT infratuzilmasini o‘rganish
5. Erishilgan natijalar
-
Talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
-
Real loyihalarda qatnashib, jamoa bilan ishlash tajribasini orttirdilar;
-
Amaliy muammolarni yechishda mustaqil fikrlash va innovatsion yondashuvni qo‘lladilar;
-
AT sohasidagi zamonaviy texnologiyalar (Docker, Git, REST API, va boshqalar) bilan tanishdilar.
-
-
6. Xulosa va takliflar
Malakaviy amaliyot mobaynida talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamladi. Kelgusida:
-
IT kompaniyalar bilan doimiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
-
Talabalarning amaliyotda qatnashishini kuzatib boruvchi mentor tizimini joriy etish;
-
Har bir talaba uchun individual amaliyot rejasini ishlab chiqish taklif etiladi.