60610700 – Sunʼiy intellekt taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tamomlagandan soʻng, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida sunʼiy intellektga kirish, mashinali oʻqitishga kirish, robototexnikaga kirish, neyron tarmoqlari va chuqur oʻqitish, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), katta hajmli maʼlumotlar, bulutli hisoblash va dasturlash fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, sunʼiy intellekt sohasidadagi tashkilotlarida kompleks masalalarini yechish huquqiga ega boʻladi.