RTU kengashining 2023-yil 30-avgustdagi 1-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Kafedraning maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari uchun ijodiy qobiliyatga ega, olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda innovatsion qarorlar qabul qiladigan yangi avlod biznes rahbarlarini tayyorlash, mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishda munosib hissa qo‘shish, iqtisodiy taraqqiyot va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirishda faol ishtirok etish, yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatini doimiy rivojlanishini ta’minlash, ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida mintaqamizdagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish, mutaxassislar va yetakchilar sifatida yuqori ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni yetishtirish.
Hamkorlik sohasida kafedra bugungi kunda Koreyadagi ikki universitet: “Koreya aerokosmos universiteti” hamda “Kannin” Milliy universiteti hamda Malaziyaning “Utara” universitetlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.