60411900 - Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo’ycha) ta’lim yo’nalishi maqsadi zamonaviy dunyoda ro’y berayotgan dinamik o’zgarishlar bilan iqtisodchi oldida turgan turli xil nazariy va amaliy muammolarni erkin boshqarishga qodir mutaxassislarni tayyorlashdir. Bitiruvchilar tovar va valyuta bozorlarini tahlil qila oladilar, tashqi iqtisodiy faoliyat shakllari va zamonaviy dunyodagi integratsiya jarayonlari qonuniyatlarini tushunadilar, tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish shartlari va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning ishlash tamoyillari bilan tanishadilar.