Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha)

60310900-Psixologiya (amaliy psixologiya) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
- korxona, tashkilot va muassasalarda psixologik yorda ko‘rsatish; ta’lim muhitida psixologik tadbirlarni tashkil etish va uni amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari, o‘quvchilari hamda xodimlari, reabilitatsiya va psixologik xizmat markazlari klientlari;
- respublika tashxis markazi testlari va ularni o‘tkazishni tashkil psixologik tadqiqot metodikalari;
- sport jamoasi treneri va sportchilari; psixologik xizmat ko‘rsatish etish jarayonlari, mtjozlari; shaxsiy muammolari bilan murojaat qiladigan patsientlar;
- eksperimental psixologiya laboratoriyasi jihozlarini tashkillashtirish va qo‘llash; savdo va maishiy xizmatko‘rsatishdagi psixologik muammolarni hal etish;
- mahallalar va fuqarolar;
- aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish;
- harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralarda psixologik yordam ko‘rsatish;
- kadrlarni tanlash va ular faoliyatini psixologik tashkil etish; psixodiagnostik,
- psixologik maslahat, psixokorreksion, psixoproflaktik, psixologik ma'rifat tadbirlari va psixologiya ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari.
 
Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda baknlavrlarning knsbiy faoliyat obyektlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar muayyan ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari va o‘quv rejalarini ishlab chiqishda hisobga olinishi nazarda tutiladi.