60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi menejment faoliyatining barcha funktsiyalari va yo’nalishlarini qamrab oladigan asosiy o’quv fanlari bo’yicha o’qitishni o’z ichiga oladi. Ta’lim yo’nalishi milliy va xalqaro kompaniyalarning turli bo’limlarida (marketing, moliya, kadrlar, logistika, IT) ish faoliyatini olib borish, o’z biznesini ochishni yoki startapda ishlashni, shuningdek, O’zbekistonda va chet elda tadqiqotchi sifatida ish faoliyatini olib borishni istaganlar uchun yordam beradi. Dastlabki ikki yil ichida ta’lim yo’nalishi universitet ta’limining asosiy bazasini taqdim etadi va 3 yillik o’qishdan boshlab talabalar tanlangan sohada ixtisoslashadilar. Bu menejment, tadbirkorlik, tadqiqot va raqamli ko’nikmalarning turli funksional sohalarida individual kurslar to’plamini erkin tanlash tizimiga qaratilgan.