Rahbariyat

leadership_18

Nuraliyev Shohruh Shavkat o'g'li

leadership_18

Nuraliyev Shohruh Shavkat o'g'li

Sh.Nuraliyev Toshkent davlat yuridik universiteti, Koreyaning Songyungvan universiteti hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli Oksford universitetida tahsil olgan.

 

U mehnat faoliyati davomida bir qancha muhim va mas’uliyatli lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan. Xususan, Adliya vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida mas’ul lavozimlarda, BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) О‘zbekistondagi vakolatxonasi va О‘zbekiston Respublikasi Hukumati о‘rtasidagi qо‘shma loyiha komponenti rahbari, Oksford universiteti Blavatnik nomidagi Davlat boshqaruvi maktabi magistranti, Oksford Martin instituti Sun’iy intellekt boshqaruvi loyihasi tadqiqotchisi, Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bо‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Iqtidorli yoshlar va mutaxassislar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

 

Sh.Nuraliyev davlat boshqaruvi, yurisprudensiya, siyosat, ta’lim sohalarida ham katta tajribaga ega. Ko‘plab ilmiy maqolalari respublika va nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan.

 

leadership_19

Eshmurodov Akbar Tolliboyevich

leadership_19

Eshmurodov Akbar Tolliboyevich

A.Eshmurodov zbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD).

 

U mehnat faoliyati davomida bir qancha muhim va masʼuliyatli lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan. Xususan, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta  maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi boshqarma boshligʻi vazifalarida ishlagan.

 

A.Eshmurodov davlat boshqaruvi, siyosat, taʼlim-tarbiya sohalarida ham katta tajribaga ega. Koʻplab ilmiy maqolalari respublika va nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan.

leadership_20

Ne'matov Shuhrat

leadership_20

Ne'matov Shuhrat

Sh.Ne’matov Buxoro davlat universitetida tahsil olgan.

 

U mehnat faoliyati davomida bir qancha muhim va mas’uliyatli lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida mas’ul lavozimlarda, O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, ilmiy kotib sifatida ishlagan.

 

Sh.Ne’matov ta’limda menejment, pedagogika va psixologiya ta’lim sohalarida ham katta tajribaga ega. Ko‘plab o‘quv qo‘llanma, monografiya hamda uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Uning 100 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan.

leadership_21

Askarov Abror Davlatmirzayevich

leadership_21

Askarov Abror Davlatmirzayevich

 

A.Askarov Namangan davlat universitetida (1992–1997 yillar, matematika), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (2017 yil, boshqaruv) hamda Qori Niyoziy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida (2014–2016 yillar) tahsil olgan.

 

Mehnat faoliyati davomida Namangan tumanidagi maktablarda matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, tuman xalq ta’limi bo‘limida metodist, mudir o‘rinbosari, Xalq ta’limi vazirligida yetakchi va bosh nazoratchi, bo‘lim hamda boshqarma boshlig‘i, A. Avloniy nomidagi Malaka oshirish institutida o‘quv bo‘limi boshlig‘i, Masofaviy ta’limni rivojlantirish markazi direktori, kafedra mudiri, O‘zbekiston Milliy universitetida kafedra mudiri va fakultet dekani, Termiz davlat universitetida bo‘lim boshlig‘i, Toshkent TMC institutida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

U Janubiy Koreya (Seul, AKT), Germaniya (Berlin, AKT), Gretsiya (Patra, ta’lim), Filippin (Manila, Tinch okeani va Osiyo mamlakatlarida ta’lim), Rossiya (Qozon, ta’lim sifati), Finlyandiya (Yuvyaskyulya, ta’lim menejmenti) va Xitoy (Gueyyan, ta’lim) mamlakatlarida kasbiy malaka va tajribasini oshirgan.

 

U pedagogika fanlari doktori (DSc, 13.00.07 – Ta’limda menejment), dotsent bo‘lib, 100 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 6 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, Scopus va Web of Science bazalarida chop etilgan maqolalar, shuningdek qator elektron mahsulotlarga oid guvohnomalarga ega.

leadership_22

Ergashev Ilhom Tog'ay o'g'li

leadership_22

Ergashev Ilhom Tog'ay o'g'li

  • Davlat ta’lim standartlari asosida moliyaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, moliyaviy-iqtisodiy jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha OTMsi Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, kafedra, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, xo‘jalik va madaniy-maishiy muassasalarini, institut tizimi bo‘linmalarini materiallar, asbob-uskunalar, anjomlar bilan texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Institutning xo‘jalik xizmatlari, madaniy-maishiy muassasalariga, auditoriya, laboratoriya, xonalar, o‘quv-sport bazalari, talabalar turar joylari, oshxona va bufetlarning zaruriy sanitariya-gigiyena holatini ta’minlash va qurilish, kapital, joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish.