Kafedra: Matematika va tabiiy fanlar
Ilmiy faoliyati va yutuqlari
Respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saralash va massasiga ko‘ra fraksiyalarga ajratish, xomashyoni fizik, mexanik, kimyoviy xossalariga ko‘ra qayta ishlash, quritish texnologik mashinalarini yaratish, takomillashti-rish doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Uning rahbarligida 02.00.16 – «Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari» ixtisosligi bo‘yicha 10 nafar texnika fanlari falsafa doktori (PhD) va 2 nafari fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.04.01. raqamli hamda Buxoro muhandislik - texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli ilmiy kengash va ilmiy semenar a’zosi.
537 dan ortiq ilmiy ish e’lon qilgan, shulardan 9 ta monografiya, 7 ta darslik, 21 ta o‘quv qo‘llanma, 91 ta o‘quv va ilmiy-uslubiy qo‘llanma, va 409 ta ilmiy maqolalar respublika va xalqaro jurnallarda chop etilgan.
Soha muammolariga qaratilgan ilmiy-tadqiqot mavzusi
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asositda “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini massasiga ko‘ra saralash, qayta ishlash, qurutish uskunalari va texnologiyalarini takomillashtirish” mavzularida ilmiy -tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ilmiy tadqiqotchilar
Doktorantlar T.f.n.dos. Beshimov Y.
T.f.n.dos. Raxmonov Q., Kamalova M., Beshimov M., Shukurov Yu., Uzoqov Yu., Talabov M.
Tadqiqot natijadorligi
Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Yangi turkumdagi inkubator yaratilgan, aholiga tarqatilmoqda.
Don maxsulotlarini boshqa aralashmalar dan va organik birikmalardan to‘liq tozalash va massasiga ko‘ra fraksiyalarga ajratish uchun “Universal kombinatsion separator” yaratilgan, ishlab chiqarishga qo‘llanilmoqda, uni takomillashtirish ustida ilmiy izlanish olib borilmoqda. Vakumli qurutish qurilmasini takomillashtirish, ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Xalqaro hamkorlik
Qozon Federal universitetining Naberejnoe Chelni instituti Turkiyaning Karabuk universiteti bilan ilmiy tadqiqot ishlari hamkorlikda bajarilmoqda.
Turkiyaning Karabuk universiteti professori dr. Selami Sag‘irog‘lu bilan hammualliflik “Tokorlik ishi”, “Mashina detallari” o‘quv qo‘llanmalar chop etildi.