T.f.d.prof. Barakayev Nusratilla Rajabovich ilmiy maktabi

T.f.d.prof. Barakayev Nusratilla Rajabovich ilmiy maktabi

Kafedra:  Matematika va tabiiy fanlar

 

Ilmiy faoliyati va yutuqlari

      Respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saralash va massasiga ko‘ra fraksiyalarga ajratish, xomashyoni fizik, mexanik, kimyoviy xossalariga ko‘ra  qayta ishlash, quritish texnologik mashinalarini yaratish, takomillashti-rish doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Uning rahbarligida  02.00.16 – «Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari» ixtisosligi bo‘yicha 10 nafar  texnika fanlari falsafa doktori (PhD) va 2 nafari fan doktori (DSc)  ilmiy darajasini olgan.

      Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.04.01. raqamli hamda Buxoro muhandislik - texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli ilmiy kengash va ilmiy semenar a’zosi. 

537 dan ortiq ilmiy ish  e’lon  qilgan,  shulardan 9 ta monografiya, 7 ta darslik, 21 ta o‘quv qo‘llanma, 91 ta o‘quv va ilmiy-uslubiy qo‘llanma, va  409 ta  ilmiy maqolalar respublika va xalqaro jurnallarda chop etilgan.

 

Soha muammolariga qaratilgan ilmiy-tadqiqot mavzusi

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asositda “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini massasiga ko‘ra saralash, qayta ishlash, qurutish uskunalari va texnologiyalarini takomillashtirish” mavzularida ilmiy -tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

 

Ilmiy tadqiqotchilar

Doktorantlar T.f.n.dos. Beshimov Y.

T.f.n.dos. Raxmonov Q., Kamalova M., Beshimov M., Shukurov Yu., Uzoqov Yu., Talabov M.

Tadqiqot natijadorligi

      Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Yangi turkumdagi inkubator yaratilgan, aholiga tarqatilmoqda.

      Don maxsulotlarini boshqa aralashmalar dan va organik birikmalardan to‘liq tozalash va massasiga ko‘ra fraksiyalarga ajratish uchun “Universal kombinatsion separator” yaratilgan, ishlab chiqarishga qo‘llanilmoqda, uni takomillashtirish ustida ilmiy izlanish olib borilmoqda.  Vakumli qurutish qurilmasini takomillashtirish, ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

 

Xalqaro hamkorlik

      Qozon Federal universitetining Naberejnoe Chelni instituti Turkiyaning Karabuk universiteti bilan ilmiy tadqiqot ishlari hamkorlikda bajarilmoqda.

      Turkiyaning Karabuk universiteti professori dr. Selami Sag‘irog‘lu bilan hammualliflik “Tokorlik ishi”, “Mashina detallari” o‘quv qo‘llanmalar chop etildi.