Xorijiy filologiya kafedrasi

“Xorijiy-filologiya” kafedrasi Renessans ta'lim universiteti kengashining 2024-yil 2-martdagi 7-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
 
Kafedraning Xorijiy til va adabiyoti hamda Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german va sharq tillari) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoni yuqori sifat va zamonaviy talablarni inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda. Kafedrada talabalar ingliz, xitoy, koreys, arab, nemis va fransuz tillarini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, o‘z navbatida, talabalar uchun keng bilim doirasini ochib beradi va ularni turli madaniyatlar bilan tanishtiradi.
Kafedraning asosiy missiyasi talabalar uchun elektron ta’lim tizimi yordamida mustaqil ta’limni rivojlantirishga qaratilgan. Biz, shuningdek, tarjima sohasidagi kompaniyalar bilan yaqin va samarali aloqalar o‘rnatishga katta ahamiyat beramiz. Bu hamkorlik orqali talabalar amaliy tajriba orttiradilar va bozor ehtiyojlariga mos ravishda tayyorlanadilar.
Kafedraning yana bir muhim vazifasi ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va o‘quv jarayonini rivojlantirishdir. Talabalar va o‘qituvchilarni ilmiy tadqiqotlarni olib borishga jalb etish, ularning fikr va g‘oyalarini rivojlantirishda yordam berish kafedraning faoliyatining ajralmas qismidir. 
Bundan tashqari, qilib chiqish va tatbiq etishga qaratilgan tillarni interfaol o‘qitish vositalarini ishlab chiqish uchun taniqli professor-o‘qituvchilarga va tajribali chet ellik mutaxassislarga murojaat qilinadi. Ularning bilim va tajribasi bilan birgalikda, kafedra zamonaviy pedagogik uslublarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida izchil harakat qiladi. 
Kafedraning o‘z ish faoliyatidagi bunday yondashuvi, ya’ni ta’limning sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va talabalarni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham tayyorlashga qaratilgan yondashuv, ko‘plab talabalar va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratadi.
 
Kafedra tarkibidagi yo‘nalishlar:
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili
60230100 - Filologiya va gillarni o‘qitish: ingliz tili
60230100 - Filologiya va gillarni o‘qitish: koreys tili
60230100 - Filologiya va gillarni o‘qitish: xitoy tili

  • 28

    ILMIY SALOHIYAT

  • 22

    PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR

  • 2

    FAN DOKTORI (DSc)

  • 4

    FALSAFA DOKTORI (PhD)

  • 650

    TALABALAR SONI

  • 25

    O'QUV QO'LLANMA VA DARSLIKLAR

  • 5

    XALQARO HAMKORLIKLAR

  • 150

    MAQOLALAR

leadership

Xursanov Nurislom Iskandarovich

2014-2018-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” fakulteti bakalavriat bosqichida tahsil olgan. 2018-yili ushbu universitetning magistratura bosqichiga qabul qilinib, 2020-yilda tamomlagan.

 

Mehnat faoliyatini 2018-2019-yillarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 13-umumtaʼlim maktabida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 2019-2021-yillarda Toshkent shahridagi Puchon universiteti Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2020-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida stajyor-oʻqituvchi, oʻqituvchi va katta oʻqituvchi lavozimlarida, 2023-yildan Renessans taʼlim universiteti dotsenti va  kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Xursanov Nurislom Iskandarovich 2022-yil 29-oktabrda Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 raqamli ilmiy kengashda 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Dramatik diskursda verbal va noverbal komponentlar munosabati (oʻzbek va ingliz tillaridagi asarlar misolida)” mavzusida  filologiya fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun yozilgan dissertatsiyanini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

 

2024-yil 28-avgustda Renessans taʼlim universiteti Kengashi tavsiyasiga koʻra OAK tomonidan dotsent ilmiy unvoni berilgan.

 

N.Xursanov oʻz ilmiy izlanishlarini davom ettirgan holda bir qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan, 2024-yil 28-dekabrda Fargʻona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy Kengashda 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi olish uchun yozilgan “Dramatik diskurs: kognitiv, pragmatik, lingvokulturologik tavsif (ingliz va oʻzbek tillari chogʻishtiruvida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

 

Shuning bilan birga, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2021/2023-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “Oʻzbek adabiyotining koʻp tilli (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida hamda 2020-2022-yillarga moʻljallangan № AM-FZ-201908172 raqamli “Oʻzbek tilining taʼlimiy korpusini yaratish” amaliy loyihalarda faol qatnashgan.

 

N.Xursanov muallifligida 1 ta ilmiy monogarfiya, 5 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 3 ta Scopus maʼlumotlar bazasining birinchi kvartiliga (Q1) kiruvchi jurnallarda ilmiy maqola, mahalliy va xorijiy jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar eʼlon qilingan.

 

 

Bizning o'qituvchilar