28-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Oliy ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etilgan Germaniya, Shvetsiya, Xitoy, Rossiya, Finlandiya, Turkiyaning oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari vakillari O‘zbekistonga yetib keldi. Mehmonlar universitetimiz xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Konferensiya oldidan universitetimiz rektori Nusratilla Barakayev tomonidan xorijlik mehmonlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida muzokara va muloqotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv tafsilotlari rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
Xorijiy mehmonlarning tashrifi davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Oliy ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Renessans taʼlim universiteti tashabbusi bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.