Объявление

events

2025.10.13

Ham o‘rganing, ham sayohat qiling!

Renessans ta’lim universiteti talabalari uchun akademik mobillik dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasida o‘quv kurslarida ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.   👥 Kimlar uchun? Universitetimiz talabalari uchun.    🧭 Kurs qanday yo’nalishlarni qamrab oladi? Elektron tijorat, logistika, sun’iy intellekt, robototexnika kabi yo’nalishlar.    🔢 Qamrov: 40 nafar talaba, shuningdek, universitetimiz tomonidan 2 nafar o’qituvchi ularga hamrohlik qiladi.    ⏰ Qachon: 2025-yil 5–20-dekabr kunlari (rejalashtirilmoqda)   🔽Dastur nimalarni o‘z ichiga oladi? ✔️dunyoga mashhur Alibaba, Zhejiang Telecom, Shaoxing China Telecom kabi kompaniyalarga ekskursiyalar; ✔️zamonaviy texnologiyalar yaratiladigan zavodlar, ma’lumotlar qayta ishlanadigan “Data Centre”larga tashrif; ✔️qiziqishga qarab seminar va maʼruzalarda ishtirok etish, taniqli shaxslar bilan muloqot qilish, xitoy tilini o‘rganish, master-klasslar imkoniyati;  ✔️madaniy dastur ham mavjud bo’lib, diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtiriladi.   Ishtirokchilar uchun Xitoy tomoni hisobidan o‘quv kurslari, turar joy (standart, ikki kishilik xonalar), bepul halol ovqatlanish, ichki transport, bepul SIM kartalar ta’minlanadi.   Talabalar tomonidan borish-kelish xarajatlari, tashkilotchilar – Xitoy tomoni uchun u yerga borganda bir martalik 150 AQSh dollari miqdorida to‘lov qilish kerak bo’ladi (kutib olish, kuzatib qo’yish xarajatlari). O‘quv dasturida ishtirok etgan talabalarga o‘tilgan kurslar va ularning soatlari ko‘rsatilgan maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.   Talablar: ✅ amaldagi xorijga chiqish pasporti;  ✅ universitetda tahsil olayotgan bo‘lishi.    ❗️Arizalar ko‘rib chiqiladi, zaruratga ko‘ra esa, suhbat yoki qo‘shimcha savollar bo‘lishi mumkin. Hujjat topshirish muddati: 30-oktabr 2025, soat 17:00    🗣 Qanday murojaat qilinadi? Talabgorlar Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga (asosiy bino, 7-qavat) murojaat qiladilar.   📞 Aloqa uchun telefonlar:  +998 55-506-70-07 (ichki: 1020); +998 90-974-74-59