“Renessans ta’lim xabarlari: innovatsiya, sifat, istiqbol” jurnalining navbatdagi soni uchun maqolalar qabuli boshlandi

  • calendar

    02.10.2025

  • eyes

    107

“Renessans ta’lim xabarlari: innovatsiya, sifat, istiqbol” jurnalining navbatdagi soni uchun maqolalar qabuli boshlandi

Jurnalda ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlar hamda texnika fanlarining barcha sohalari bo‘yicha ilmiy asosga ega bo‘lgan maqolalar chop etiladi.
 
Tahririyatga taqdim etiladigan qo‘lyozmalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
🔹dolzarb muammolarga bag‘ishlanishi, ilmiy tahlil va bahs - munozaralar bo‘lishi;
🔹material nazariy va metodologik jihatdan puxta, keltirilgan statistik maʼlumotlar, xulosa, taklif va tavsiyalar asosli bo‘lishi;
🔹maqolada ochiq matbuotda eʼlon qilinishi mumkin bo‘lmagan maʼlumotlar bo‘lmasligi;
🔹maqolaga ilova qilinadigan hujjatlar PDF va WORD shaklda bo‘lishi.
 
Maqola faqat elektron shaklda taqdim etiladi.
Quyidagi holatlarda maqola nashrga qabul qilinmaydi:
✔️maqola yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmasa;
✔️birovning ilmiy fikr, xulosa va qarashlari o‘zlashtirilgan bo‘lsa (plagiat);
✔️Tahrir hayʼati va ekspertlar tomonidan nashrga tavsiya etilmasa.
 
Maqola va ilova hujjatlarining elektron variantlari quyidagi manzilga yuborilishi kerak: jurnal@renessans-edu.uz
 
Eslatib o‘tamiz, “Renessans ta’lim xabarlari: innovatsiya, sifat, istiqbol” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan berilgan rasmiy guvohnoma ega.