Renessans ta’lim universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun ingliz tili o‘qituvchilarini ishga taklif etadi

  • calendar

    23.09.2025

  • eyes

    142

Renessans ta’lim universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun ingliz tili o‘qituvchilarini ishga taklif etadi

Universitet tomonidan fan doktori va DSc ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilarga 80%, fan nomzodi yoki PhD ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilar 50% miqdorida ustama tayinlanadi.
 
Shu bilan birga, har bir professor-o‘qituvchilar o‘zining shaxsiy natijalarini yaxshilab borishi hamda 2025/2026-o‘quv yilidan joriy etiladigan va har 6 oyda yangilab boriladigan KPI tizimi orqali qo‘shimcha 100% gacha ustamaga ega bo‘lishi mumkin.
 
Natijada, bizning professor-o‘qituvchilar o‘zlarining ish haqlarini o‘quv yili davomida 200% gacha oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
 
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:✅ PhD, DSc ilmiy daraja ega bo'lishi;✅ C1 darajaga (IELTS, CEFR va TOEFL sertifikatlari bilan) ega bo'lishi lozim.
 
Batafsil ma'lumotni 👉 www.renessans-edu.uz rasmiy saytimiz orqali olishingiz mumkin. 
 
Manzil: Toshkent shahar, Shayhontohur tumani, Charxnovza MFY, 17-uy, Renessans ta’lim universiteti binosi, 1-qavat, 107-xona.
 
Murojaat uchun tel.: (+998 55) 506-70-07, E-mail: hr@renessans-edu.uz