Renessans ta’lim universitetining matematika va iqtisod fakulteti talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi. 49-23 va 50-23 guruhlari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir” mavzusida murabbiylik soati o‘tkazildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangiliklar va islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar Prezident tashabbuslari, iqtisodiy o‘zgarishlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bo‘yicha qiziqarli muhokamalar olib borishdi.
Bunday axborot soatlari yoshlarga yurtimizdagi jarayonlarni chuqur anglash va ularga faol hissa qo‘shish imkonini beradi.