Ilmiy faoliyati va yutuqlari
2020-yildan buyon texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori. Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini 2020-yil 30-iyunda Toshkent temir yoʻllari muhandislari institutiti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli ilmiy kengashda “Sportda shikastlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, hisobga olish, tahlil etish va bashoratlashni ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish” mavzusida 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi ixtisosligi boʻyicha dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2021 yilda 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi ixtisosligi boʻyicha dotsent unvonini olgan.
2025 yilda 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi ixtisosligi boʻyicha professor unvonini olgan.
Hozirgi kunda 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi ixtisosligi bо‘yicha texnika fanlari doktori, professor S.Sulaymanov rahbarligida “Sportda shikartlanishlar va kasb kasalliklari bo‘yicha tezkor axborot yig‘ish tizimlarini ishlab chiqish” mavzusida texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
Sh.M. Narziyev Toshkent davlat texnika universitetida 20 nafar bakalavr, 6 nafar magistrantga, Andijon mashinasozlik institutida 3 nafar magistrantga, Fuqaro muhofazsi institutida 2 nafar magistrantga ilmiy rahbarlik qilib kelgan.
Sh.M. Narziyev ilmiy rahbarligi ostida Latibov Shoxruxbek Maxamatyusup o‘g‘li “Jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimini joriy etish samaradorligini oshirish” mavzusida 05.10.01 - “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” (texnika fanlari) ixtisosligidan texnikа fаnlаri bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dissertasiyasini himoya qilgan (Oliy attestatsiya komissiyasining 2024 yil 28-avgustdagi 360/1-son bayonnomasi).
Sh.M. Narziyev 2018-2020-yillarda Toshkent davlat texnika universitetida Davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan OT-Atex-2018-432 sonli amaliy loyihasi boʻyicha ijodiy jamoada kichik ilmiy xodim 2022-2024-yillarga moʻljallangan “Olmaliq KMK“ AJ №63-7487 NR sonli “Создание технологии дополнителного извлечения редких металлов из свинсово-висмутовых шламов медеплавилного” xoʻjalik shartnomasida katta ilmiy xodim sifatida ishtirok etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutu Ilmiy-uslubiy kengash, Toshkent davlat texnika universiteti Uslubiy kengashi, OAK tomonidan e’tirof etilgan mahalliy ilmiy “Fan, muhofaza, xavfsizlik”, “Texnosfera xavfsizligi”, “Technical science and innovation” jurnallarining tahririyat a’zosi hisoblanadi.
Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 rаqаmli ilmiy kеngаsh asosidagi bir martalik ilmiy kengash a’zosi.
Sh.M. Narziyev faoliyati davomida 100 nomdan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 3 ta monografiya, 7 ta darslik, 6 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanma, 10 ta dasturiy maxsulotlarga mualliflik guvohnomasi, 90 ta ilmiy maqola va tezislar chop etgan.
Soha muammolariga qaratilgan ilmiy-tadqiqot mavzusi
“Sportda shikartlanishlar va kasb kasalliklari boʻyicha tezkor axborot yigʻish tizimlarini ishlab chiqish”,
“Taʻlim tizimida kompyuterlar va videoterminallardan foydalanuvchilar mehnat sharoitini yaxshilashga oid innovatsion yechimlar ishlab chiqish”,
“Farmatsevtika sanoati xodimlari mehnatini muhofaza qilishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish”,
“Obodonlashtirish boʻyicha ishchilarning mehnat xavfsizligini baholash usullarini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzularida ilmiy -tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ilmiy tadqiqotchilar
Sh. Latobov, Sh. Xojiyeva, Z. Bozorov, Sh. Jumanazarov, B. Mamashayev
Tadqiqot natijadorligi
jismoniy tarbiya va sport faoliyatida mehnat muhofazasini boshqaruvi va tashkil etish tizimi hamda xavfli holat, xavfli hodisa yuzaga kelishi mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etishga ta’sirini baholash imkoniyatini beruvchi boshqaruv jarayonidagi bir-biridan mustaqil uch bosqichni va uch turdagi boshqaruvni olib borishni ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida mehnat muhofazasini boshqaruvi tuzilmasi va elementlar iyerarxiyasi orqali takomillashtirilgan;
sport tashkilotlari mehnat muhofazasi xizmati (boshqarmasi, bo‘limi, shu’basi, mutaxassisi) boshqaruv va tashkil etish tizimi, sportchining jismoniy o‘quv mashqlari, sport o‘yinlari, musobaqalar jarayonidagi shikastlanishlarining chastotasini inobatga olgan holda monografik balli baholash usulli ishlab chiqilgan;
jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimi ehtimollar nazariyasi qonunlari asosida matematik baholash usullida davlat, ma’muriy, jamoatchilik boshqaruvi ishtiroki inobatga olingan holda mantiqiy blok sxemasi takomillashtirilgan.
farmatsevtika sanoati xodimlarining salomatligi va funksional holatiga ishlab chiqarish muhitidagi zararli va (yoki) xavfli omillarning ta’siri inobatga olingan holda yangi yondashuv asosida mehnat muhofazasining boshqaruv tizimi takomillashtirilgan;
farmatsevtika sanoati korxonalarida olib borilgan videoxronometraj va ijtimoiy so‘rov ma’lumotlari asosida ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini aniqlashda, xodimning yoshi, jinsi hamda sohadagi ish stajini inobatga olgan holda statistik va monografik tahlil qilish usuli takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish muhitining ruxsat etilgan me’yorlaridan yuqori bo‘lgan zararli omillar koʻrsatkichi sabab, yuzaga keluvchi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari yuzasidan yoʻqotilayotgan ish kunlarini aniqlashni matematik modeli ishlab chiqilgan;
“NAD-1” va “Smart Headphone” qurilmalari yordamida farmatsevtika sanoati korxonalari xodimlarini ishlab chiqarish muhitining ruxsat etilgan me’yorlaridan yuqori bo‘lgan zararli omillar ta’siridan ogohlantirish, monitoring va nazorat qilish tizimi ishlab chiqilgan.
Xalqaro hamkorlik
Hamkorlik sohasida xalqaro munosabatlar va startap loyihalarni rivojlantirish sohalarida Turkiya, Rossiya, Belarusiya davlatlarning nufuzli universitetlari bilan xamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan.