S.f.d.prof. Alimardonov To‘lqin ilmiy maktabi

S.f.d.prof. Alimardonov To‘lqin ilmiy maktabi

Ilmiy faoliyati va yutuqlari

Kadrlar siyosatiga oid tadqiqotlar olib borish; kadrlar siyosatida adolatli va samarali tizimni shakllantirishga oid takliflar ishlab chiqish; boshqaruv kompetensiyasi modellarini yaratish; tarixiy tahlillar o‘tkazib, mahalliy va xalqaro tajribalar yutuq va kamchiliklarini o‘rganish; o‘zbek xalqining boshqaruv an’analari va ularning zamonaviy boshqaruv tizimiga ta’sirini tahlil qilish. Uning rahbarligida  “23.00.02 – Siyosiy institutlar va jarayonlar”, “23.00.03 – “Siyosiy madaniyat va mafkura” ixtisosliklari bo‘yicha 4 nafar  mutaxassis falsafa doktori (PhD) va 1 nafari fan doktori (DSc)  ilmiy darajasini olgan.

U Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.06.2021.f.135.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi.  

Jami 130 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan, bulardan  8 ta monografiya, 5 ta metodik qo‘llanma, 10 ta o‘quv  qo‘llanma, 5 ta ilmiy risola, shuningdek, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, jumladan ilmiy jurnallarda 55 ta ilmiy maqola, xorijiy jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etgan.

Soha muammolariga qaratilgan ilmiy-tadqiqot mavzusi

Siyosiy fanlar nazariyasi, tarixi va metodologiyasi ilmiy tadqiqotlari dasturlari doirasida “Diplomatiya asoslari”, “Geosiyosat asoslari”,  “Globallashuv asoslari” o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash ustida  ilmiy -tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ilmiy tadqiqotchilar

Tadqiqotchilar O‘.Shakarov, A.Eshmurodov, Yo. Turobov

 

Tadqiqot natijadorligi

“Siyosat falsafasi”, “Politicheskaya filosofiya”, “Metodologiya nauchnogo issledovanie” kabi o‘quv qo‘llanmalari Oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonlarida foydalanilmoqda

 

Xalqaro hamkorlik

Hamkorlik sohasida xalqaro munosabatlar va startap loyihalarni rivojlantirish sohalarida Turkiya, Bolgariya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari bilan xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida Ta’lim va fan vazirligi, Qirg‘iziston Prezidenti huzuridagi tarix fanini rivojlantirish komissiyasi, Yusuf Bolosog‘uniy nomidagi Qirg‘iziston Milliy Univesiteti, Oltoy davlat universiteti, Oltoyshunoslik va turkologiya ilmiy-o‘quv markazi, Qirg‘iziston Respublikasi   tarix va mintaqashunoslik instituti, Jurnalistika va aloqalar instituti, Milliy fanlar Akademiyasi, Arxeologiya va Etnogrfiya instituti hamkorligida «O‘rta asrlar davrida Yevroosiyodagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar» mavzusiga bag‘ishlangan II Xalqaro ilmiy anjumanlarida щz ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.