Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha)

Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) – jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, sport turlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish, maktabgacha, umumiy o‘rta professional ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o‘tkazish, sport turlariga oid harakatlarga o‘rgatish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid vositalar, tamoyillarni qo‘llash, harakatlarga o‘rgatish, yosh davrlariga nisbatan vosita va uslublarni tanlash, jismoniy yuklamalarni miqdor va sifat jihatdan boshqarish va individuallashtirish, jismoniy mashg‘ulotlarni rejalashtirish, nazorat va tahlil qilib borish, sport faoliyatining asosiy tamonlarini boshqarish, sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini o‘z ichiga oladi.
 
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, professional ta’lim muassasalari hamda ulardagi o‘quv jarayonlari;
sport maktablari, ixtisoslashgan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga sport mashg‘ulotlari jarayoni;
sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarini tashkil etish vosita va usullari;
sport musobaqalari.
 
Ta'lim
Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi
Beriladigan daraja: bakalavr
Ta’lim tillari: o’zbek, rus
Dastur davomiyligi: 4 yil (kunduzgi), 5 yil (sirtqi)
Dastur nomi: Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
 
1 Bosqich (kunduzgi/sirtqi)
Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi, Sport turlarini oʻrgatish metodikasi (yengil atletika, gimnastika), Sport turlarini oʻrgatish metodikasi (basketbol, suzish), Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha), Yengil atletikani oʻqitish metodikasi, Tanlangan sport turi boʻyicha mutaxassislikka kirishdan iborat.
2 Bosqich (kunduzgi/sirtqi)
Sport turlarini oʻrgatish metodikasi (voleybol, gandbol), Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi, Milliy va harakatli oʻyinlarni oʻrgatish metodikasi, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha), Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati, Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi, Sport pedagogik mahoratini oshirish (Sport turlari boʻyicha), Sport biomexanikasi, Fiziologiya va sport fiziologiyasi fanlari boʻyicha tahsil olasiz.
3 Bosqich (kunduzgi/sirtqi)
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari, Psixologiya va sport psixologiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitologiya, Sport mahoratini takomillashtirish bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha), Tanlangan sport turida rejalashtirish va hakamlik faoliyati, Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi, O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha), Sport mahoratini oshirish (kurash), Kurash nazariyasi va uslubiyati, Bioximiya va sport bioximiyasidan  iborat.
4 Bosqich  (kunduzgi/sirtqi)
Toʻrtinchi kursda siz Oliy sport mahorati bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha), Tanlangan sport turida ilmiy-uslubiy faoliyat, Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari, Psixologiya va sport psixologiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitologiya, Sport mahoratini takomillashtirish bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha), Tanlangan sport turida rejalashtirish va hakamlik faoliyati boʻyicha tahsil olasiz, kunduzgi boʻlim talabalari amaliy koʻnikmalarni mustahkamlaysiz.
5 Bosqich (sirtqi)
Beshinchi kursda siz Oliy sport mahorati bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (sport turlari boʻyicha), Tanlangan sport turida rejalashtirish va hakamlik faoliyati, Tanlangan sport turida ilmiy-uslubiy faoliyat, Yakkakurash sport turlari va uni o‘qitish uslubiyati fanlari boʻyicha tahsil olasiz va amaliy koʻnikmalarni mustahkamlaysiz.
 
Nimalarni o'rganasiz:
Sport va jismoniy tarbiya
Pedagogik (umumiy o‘rta va professional ta’lim tizimida)Ilmiy-tadqiqot
Foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish
Sog‘lomlashtirish va tiklanish
Tashkiliy-boshqaruv 
 
Kelajakdagi rezyumeyingiz
Lavozim: Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va professional ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish;
sport maktablari, ixtisoslashgan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish;
sport maktablari, ixtisoslashgan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda sport turlari bo‘yicha federatsiyalarda tashkiliy-uslubiy faoliyat olib borish;
sport jamoalari, sport kulublarida sport mashg‘ulotlarini olib borish va sport musobaqalarini tashkil etish;
ishlab chiqarish korxonalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish;
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;
tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadilar. 
 
Kim bo‘lib ishlay olasiz?
Tanlangan sport turi bo‘yicha murabbiy;
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi;
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yo‘riqchi-uslubchi.