Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo'nalishi - umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida boshlang'ich ta’lim o'qituvchisi maqomida faoliyat olib borish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Umumiy o'rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish; umumiy o'rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining obyektlari
Ta'lim
Ta’lim shakllari: kunduzgi, kechki, sirtqi
Beriladigan daraja: bakalavr
Ta’lim tillari: o’zbek, rus
Dastur davomiyligi: 4 yil (kunduzgi), 4,5 yil (kechki), 5 yil (sirtqi)
Dastur nomi: Boshlang’ich ta’lim
1 Bosqich (kunduzgi/sirtqi)
Birinchi yil o'quv yilining asosiy fanlari - Mutaxassislikka kirish, Boshlang'ich ta'limda tarbiya fani, Umumiy psixologiya, O'zbekistonning eng yangi tarixi, Media savodxonlik va axborot madaniyati, Amaliy o'zbek (rus) tili, Falsafadan iborat.
2 Bosqich (sirtqi)
Ikkinchi kursda Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi, Texnologiya taʼlimi va uni oʻqitish metodikasi, Matemetika va uni oʻqitish metodikasi, Texnologiya taʼlimi va uni oʻqitish metodikasi, Ona tili oʻqish savodxonligi va uni oʻqitish metodikasi, Matematika praktikumi, Boshlangʻich ta`lim pedagogikasi fanlari bo'yicha taxsil olasiz.
3 Bosqich (sirtqi)
Uchinchi o'quv yilining asosiy fanlari Matematika va uni o'qitish metodikasi, Boshlang`ich ta`limda matn ustida ishlash metodikasi, Ona tili - o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi, Kasbiy sohada xorijiy til, Ifodali o'qishdan iborat.
4 Bosqich (sirtqi)
To'rtinchi kursda siz Bolalar adabiyoti, Oliy matematika, Pedagogik mahorat, Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi, Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar, Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, Oila pedagogikasi va boshqa fanlar bo'yicha tahsil olasiz.
5 Bosqich (sirtqi)
Beshinchi kursda siz Ritorika, Uslubiyat asoslari, Ixtisoslashtirilgan maktablarda ona tili va o’qish savodxonligi metodikasi, Ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika o’qitish metodikasi, Matematikada xalqaro baholash dasturlari, Robototexnika va STEAM ta’limi, Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari bo'yicha tahsil olasiz diplom ishi ustida ishlab va amaliy ko'nikmalarni mustahkamlaysiz.
Nimalarni o'rganasiz
Birinchi sinf o'quvchilarining maktabga moslashishi
Kichik yoshdagi o'quvchilar uchun ta'lim nazariyasi va uslublari
Umumiy boshlang'ich ta'lim didaktikasi asoslari
Boshlang'ich sinf yoshidagi bolalar psixologiyasi
Kim bo'lib ishlay olasiz?
Kelajakdagi rezyumeyingiz
LAVOZIM: Boshlang'ich Ta'lim O'qituvchisi
Kasbiy mahorat