Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimiz farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi

Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimiz farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi

Konstitusiya ijrosini to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlash barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlari va ta’lim muassasalarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasidir.

 

Shu munosabat bilan, Renessans ta’lim universiteti va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan “Konstitutsiya – adolat tantanasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Konstitusiyaning mazmun-mohiyati, uning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimizning bosh omili ekanligidan kelib chiqib davra suhbati o‘tkazildi. Konstitusiya normalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

Uchrashuvda O‘zMTDP Toshkent shahar Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari Toshkent shahar-tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari hamda talabalar ishtirok etishdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan notiqlar, yangilanayotgan Konstitutsiya “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida, yaʼni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni nazarda tutishi, masalan unda har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligini ta’kidlashdi.

 

Tadbir yakunida universitet talabalari yangilangan Konstitutsiya va partiya faoliyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.