Renessans ta’lim universiteti joriy yilning 28-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Oliy ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” xalqaro konferensiyasi oldidan dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar vakillari bilan strategik uchrashuvlar tashkil etmoqda.
Ushbu uchrashuvlar ta’lim tizimining zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish kabi muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Ayni paytda Renessans ta’lim universitetiga Xitoyning Xinjiang Universiteti, Xalqaro madaniy almashinuv maktabi qoshidagi Xalqaro talabalar ta’lim va tadqiqotlar boshqarmasi direktori Zhou Ying hamda Xinjiang universiteti Xalqaro madaniy almashinuv maktabi dekanining o‘rinbosari, dotsent, falsafa doktori Liang Yan tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitetimiz rektori Nusratilla Barakayev kutib oldi.
Muzokaralar jarayoni davom bo‘lib o‘tmoqda.