Korrupsiya – islohotlar yo‘lidagi asosiy to‘siq va gʼov

Korrupsiya – islohotlar yo‘lidagi asosiy to‘siq va gʼov

Davlatimiz rahbari 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Ushbu yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilinib, kelgusi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Renessans ta’lim universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasini yoshlarga yetkazish maqsadida “Korrupsiya – islohotlar yo‘lidagi asosiy to‘siq va gʼov” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir universitet rektori, professor Nusratilla Barakayev tomonidan ochib berildi. U o‘z nutqida korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlab, yoshlar bu illatga qarshi kurashish yo‘lida yetakchi bo‘lishi zarurligini qayd etdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Ravshan Fazilov, Nodir Jumayev va Sevara Ubaydullayeva ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyatga salbiy ta’siri, bugungi kunda uni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali yo‘llari, shaffoflikni ta’minlash va yoshlarning faol ishtiroki borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarga korrupsiya haqida to‘g‘ri tushuncha berish va ularni ijtimoiy faollikka undashda muhim ahamiyat kasb etadi.