1991-yil 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan.Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.Respublikamiz davlat bayrog‘idagi ramzlar O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi millat va elatlarning an‘analarini o‘zida mujassamlashtirgan.Faxr bilan aytishimiz mumkinki, Davlatimiz bayrog‘i bugungi kunda xalqaro maydonlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari davomida, xalqaro tashkilotlar va turli konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalari hamda turli sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lib turadi.Renessans ta'lim universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!