Mamanazarov Oybek Shomurodovich

leadership

Mamanazarov Oybek Shomurodovich

Mamanazarov Oybek Shomurodovich 1980 yil 18 avgustda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

1997-2001 yy. Toshkent Toshkent arxitektura-qurilish institutining “Menejment (qurilish)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini;

2001-2003 yy. Toshkent Toshkent arxitektura-qurilish institutining “Menejment (qurilish)” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tugatgan.

Umumiy ish staji 20 yil

2009 yil 25 sentyabrda 08.00.13 – «Menejment va marketing» ixtisosligi bo‘yicha «Bozor sharoitida boshqarishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Muborakneftegaz unitar sho‘ba korxonasi misolida)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020 yil 27 fevralda professorlik unvoniga ega bo‘lgan.

Uzining ilmiy pedagogik faoliyatida 120 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, shulardan 2 ta monografiya, 6 ta uslubiy ko‘rsatma, 11 ta o‘quv qullanma, 4 ta darslik, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar ma’ruza tezislaridir.