Dizayn (turlari bo'yicha)

Dizayn (libos va gazlamalar) – zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, real libosning loyihasini yaratish, libos dizaynini va badiiy loyihalash sohasida zamonaviy texnik vositalarni qo‘llash, zamonaviy kompyuter dasturlari asosida libos dizaynini va badiiy loyihalash usullarini yaratish, loyihalash jarayonini tahlil qilish va ishlab chiqarish bilan bog‘lash, shuningdek, libos, gazlama, trikotaj, bosh kiyim, aksessuar va furnituralarining dizayn-loyihasi; erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi barcha assortimentiga taalluqli liboslarning yangi ko‘rinishlari, libos termasining dizayn-loyihalarini ishlab chiqish, xususiy ish faoliyatini yuritish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini o‘z ichiga oladi.
 
Dizayn (interyerni loyihalash) – ixtisoslashtirilgan san’at maktablari interyerni loyihalash, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda,  jamoat, sanoat va turar joy binolari interyerlari va eksteryerlarini loyihalash, bolałar musiqa va san’at maktablari hamda zamonaviy kompyuter dasturlari asosida interyer va eksteryer loyihasini yaratish va qayta ishlash, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Badiiy ijodkorlar uyushmasida erkin ijodiy faoliyat olib borish hamda bino va inshootlarning interyer va eksteryer dizaynini yaratish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini o‘z ichiga oladi.