Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo'nalishi - umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida boshlang'ich ta’lim o'qituvchisi maqomida faoliyat olib borish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Umumiy o'rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish; umumiy o'rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining obyektlari
- umumiy o‘rta ta’limda boshlang‘ich sinflami o‘qitish jarayoni, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlari;
- fan va ta’Iimning nazariy masalalari; o‘qitish metodikasi;
- loyihalashtirish asosida o‘quv jarayonini boshqarish texnologiyalari, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini loyihalashtirish hamda tashkil etish jarayoni, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini shakllantirish jarayoni, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni; ta’lim sohasidagi muammolar va ulaming yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish;
- mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari jarayoni;
Ta'lim
Ta’lim shakllari: kunduzgi, kechki, sirtqi
Beriladigan daraja: bakalavr
Ta’lim tillari: o’zbek, rus
Dastur davomiyligi: 4 yil (kunduzgi), 4,5 yil (kechki), 5 yil (sirtqi)
Dastur nomi: Boshlang’ich ta’lim
1 Bosqich (kunduzgi/sirtqi)
Birinchi yil o'quv yilining asosiy fanlari - Mutaxassislikka kirish, Boshlang'ich ta'limda tarbiya fani, Umumiy psixologiya, O'zbekistonning eng yangi tarixi, Media savodxonlik va axborot madaniyati, Amaliy o'zbek (rus) tili, Falsafadan iborat.
2 Bosqich (sirtqi)
Ikkinchi kursda Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi, Texnologiya taʼlimi va uni oʻqitish metodikasi, Matemetika va uni oʻqitish metodikasi, Texnologiya taʼlimi va uni oʻqitish metodikasi, Ona tili oʻqish savodxonligi va uni oʻqitish metodikasi, Matematika praktikumi, Boshlangʻich ta`lim pedagogikasi fanlari bo'yicha taxsil olasiz.
3 Bosqich (sirtqi)
Uchinchi o'quv yilining asosiy fanlari Matematika va uni o'qitish metodikasi, Boshlang`ich ta`limda matn ustida ishlash metodikasi, Ona tili - o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi, Kasbiy sohada xorijiy til, Ifodali o'qishdan iborat.
4 Bosqich (sirtqi)
To'rtinchi kursda siz Bolalar adabiyoti, Oliy matematika, Pedagogik mahorat, Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi, Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar, Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, Oila pedagogikasi va boshqa fanlar bo'yicha tahsil olasiz.
5 Bosqich (sirtqi)
Beshinchi kursda siz Ritorika, Uslubiyat asoslari, Ixtisoslashtirilgan maktablarda ona tili va o’qish savodxonligi metodikasi, Ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika o’qitish metodikasi, Matematikada xalqaro baholash dasturlari, Robototexnika va STEAM ta’limi, Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari bo'yicha tahsil olasiz diplom ishi ustida ishlab va amaliy ko'nikmalarni mustahkamlaysiz.
Nimalarni o'rganasiz
Birinchi sinf o'quvchilarining maktabga moslashishi
- Bolalarni maktabga moslashish darajasi.
- Ijtimoiy-psixologik va fiziologik moslashuv.
- Bolaning bilim olishga psixologik tayyorligi.
- Bolalar bilan turli xil pedagogik muloqot uslublaridan foydalanish.
Kichik yoshdagi o'quvchilar uchun ta'lim nazariyasi va uslublari
- O'quv jarayonining xususiyatlari va mohiyati.
- Ijtimoiy tarbiya vazifalari.
- Pedagogik jarayonda ta'limning o'rni va ahamiyati.
- Ta'limdagi ziddiyatlar.
Umumiy boshlang'ich ta'lim didaktikasi asoslari
- O'quv jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari.
- Boshlang'ich, o'rta va yuqori sinflarda o'qitish jarayonidagi farqlar.
- Boshlang'ich sinflarda ta'limni tashkil etishning zamonaviy mexanizmlari.
Boshlang'ich sinf yoshidagi bolalar psixologiyasi
- Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijtimoiy rivojlanish holati va rivojlanish psixologiyasi.
- Boshlang'ich sinf o'quvchisining aqliy, boshqaruv, ijtimoiy va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish.
- Yosh o'quvchi shaxsiyatining ichki holatini rivojlantirish.
- Boshlang'ich maktab yoshidagi rivojlanish vektorlari va risklari.
Kim bo'lib ishlay olasiz?
- Direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari
- Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi
- O'qituvchi-psixolog
- Uslubiy ish rahbari
- Qo'shimcha ta'lim pedagogi
- O'qituvchi-tarbiyachi
Kelajakdagi rezyumeyingiz
LAVOZIM: Boshlang'ich Ta'lim O'qituvchisi
Kasbiy mahorat
- Boshlang'ich maktabda o'quv jarayonlarini tashkil etish
- O'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o'qitish samaradorligini oshirish usullariga ega bo’lish
- Ilg'or ta'lim texnologiyalari, interaktiv va ishga doir o'yinlarni qo'llash
- Psixologik, ijtimoiy va tibbiy kuzatuv usullaridan foydalanish
- Talabalar uchun ta'lim va sotsializatsiya dasturlarini amalga oshirish
- Zamonaviy resurslardan va axborot manbalaridan foydalanish qobiliyati
- Birinchi yordam ko'rsatish ko'nikmalari
- Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
- O'quv faoliyatini rejalashtirish
- Umumiy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish