Ijroga olingan barcha turdagi, shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi mas’ul ijrochilar tomonidan buzilganda yoki ijrosi to‘laqonli bajarilmaganda bu to‘g‘risida rektorni darhol xabardor qiladi;
Bo‘lim tarkibiy bo‘linmalari, institut huzuridagi texnikum, lisey tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Rektorni qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida institutga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, Kengash yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi;