Renessans Ta'lim Universitetining "Pedagogika" fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi №1028-sonli "Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori talablariga binoan tashkil etilgan.
Fakultetning maqsadi — zamonaviy bilimlarga ega, yuqori ma'naviy-axloqiy sifatlar va mustaqil fikrlashga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, xususiy milliy maktabni xalqaro maydonga olib chiqishdir.
Talabalar va o‘qituvchilar:
- Fakultetda 2500 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.
-
Professor-o‘qituvchilar tarkibi 30 nafardan ortiq bo‘lib, ularning 50% dan ko‘prog‘i ilmiy darajaga ega (PhD, dotsent va professorlar).
-
Har semestr oxirida talabalar o‘z fanlarini baholashda anonim fikr bildiradilar — bu sifat nazoratini ta’minlashda yordam beradi.
Xalqaro aloqalar va hamkorlik:
-
Fakultet Yevropa va Osiyodagi 10 dan ortiq universitetlar bilan memorandumlar imzolagan (jumladan, Turkiya, Tojikiston, Qozog‘iston).
-
Erasmus+ dasturi orqali talabalar almashinuvi rejalashtirilmoqda.
-
Har yili xorijiy pedagoglar ishtirokida seminar-treninglar o‘tkaziladi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati:
-
Talabalar o‘rtasida “Yosh pedagog” klubi faoliyat yuritadi va ilmiy maqolalar tanlovi muntazam tashkil qilinadi.
-
O‘qituvchilar o‘z tadqiqotlari bilan ilmiy jurnallarda va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etmoqda.
Infratuzilma:
-
Fakultet zamonaviy texnika bilan jihozlangan auditoriyalar, laboratoriyalar va psixologik amaliyot xonasiga ega.
-
Talabalar uchun kutubxona, elektron resurs markazi va Wi-Fi bilan ta’minlangan o‘quv zallari mavjud.
Fakultetning shiori:
- Investitsiyalarning poydevori — ta'lim, biznesning tayanchi esa — sog'lom raqobat. Faoliyatning asosiy tamoyili — "Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlanish".
Fakultetning istiqboldagi rejalari quyidagilardan iborat:
- Yevropa kredit tizimi (ECTS - European Credit Transfer and Accumulation System) asosida ta'lim jarayonini yo'lga qo'yish va uni ta'lim jarayoniga to'liq joriy etish;
- Fakultet professor-o'qituvchilarini xalqaro standartlar asosida ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga bosqichma-bosqich tayyorlash;
- Eng yangi pedagogik texnologiyalar va o'qitish usullarini joriy etishning xalqaro amaliyotiga muvofiq ta'lim jarayonini rejalashtirish, chuqurlashtirish va sifatini yaxshilashni takomillashtirish;
- Xorijiy va milliy reyting ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda ta'lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;
- Bitiruvchilarni kasbiy yo'naltirish uchun Legal Business Coaching treninglarini tashkil etish.
Fakultetda dekan, dekan o'rinbosarlari, uslubchi va dispetcher faoliyat olib boradi.
«Pedagogika» fakultetiga quyidagi 2 kafedra kiradi: