Universitetimiz talabalarini Klinik psixologiya fanidan ochiq darsga taklif etamiz. Ushbu darsning maqsadi inson psixologiyasini chuqur anglash, shaxsiy va kasbiy rivojlanishda psixologik yondashuvlarning ahamiyatini chuqur anglashdan iborat.
Mashg‘ulotni Renessans taʼlim universitet Pedagogik taʼlim va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi Zamira Magdiyeva, Toshkent tibbiyot akademiyasi Psixologiya kafedrasi dotsenti, klinik psixolog Serdar Dursunov olib boradilar.
Dars 8-noyabr kuni, soat 10:00 da Pedagogika fakultetida boshlanadi.Barcha talabalarni ushbu ochiq darsda faol ishtirok etishga chorlaymiz.