Chet tillari kafedrasi Renessans ta’lim universiteti (RTU) ma’suliyati cheklangan jamiyat ta’sischilarining 2024-yil “27” avgustda N0_ 01-27/08 sonli umumiy yig‘ilishi bayonnomasida tashkil etilgan.
Chet tillari kafedrasining asosiy missiyasi, RTU ning talabalariga xorijiy til fanidan mustahkam va sifatli bilim berishdan iborat bo'lib, bu o'quvchilarni turli xil yo'nalishlarda ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Kafedraning asosiy maqsadi esa talabalarni xalqaro ta'lim standartlariga mos ravishda bilim va ko'nikmalarini bosqichma-bosqich oshirib borishga qaratilgan.
Bundan tashqari, turli fakultetlarda tahsil olayotgan talabalarning bilim darajasini baholashda xalqaro baholash tizimlaridan, masalan, PIRLS va boshqa xalqaro baholash usullaridan foydalanish haqida ma'lumot berish muhimdir. Kafedra, shuningdek, talabalarni o'z ustida mustaqil ishlash, ya'ni SELF STUDY (mustaqil o'rganish) yondashuvi orqali o'z bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu jarayon ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida talabalar uchun kerakli ehtiyojni shakllantirish va rivojlantirishni ta'minlaydi.
Umuman olganda, chet tillari kafedrasi, talabalarni nafaqat til o'rganishga, balki ularning ijtimoiy va professional hayotida muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarni shakllantirishga ham yordam beradi.Hozirda kafedra "Xorijiy til va adabiyot" nomi ostida faoliyat yuritmoqda.